O‘zbekiston xalq artisti, mashhur maqom ijrochisi Nafisa To‘xtayeva 83 yoshida vafot etdi.
U O‘zbekiston Davlat filarmoniyasida, Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansamblida xonanda sifatida ijod qilib, 50 dan ortiq mumtoz musiqa namunalarini "Oltin fond"ga muhrlagan.
Uning ijrosidagi "Saraxbori Oromijon", "Qashqachai Savti Sabo", "Ey Nazokat" kabi kuylar xalqimiz ma’naviy merosining durdonalariga aylangan. U nafaqat san’atkor, balki jonkuyar, oilaparvar va kamtarin inson sifatida hamkasblari va muxlislari yodida qoladi.