Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya muzlatilgan pullarini Ukrainani tiklashga berishi mumkin, biroq shartlari bor

Rossiya muzlatilgan pullarini Ukrainani tiklashga berishi mumkin, biroq shartlari bor

Rossiya Ukrainani tiklash uchun muzlatib qo‘yilgan 300 milliard dollarlik Rossiya aktivlaridan foydalanishga rozi bo‘lishi mumkin, ammo mablag‘ning bir qismi o‘zi egallab olgan hududlarga sarflanishini talab qiladi.

Bu haqda Reuters uchta manbaga asoslanib xabar bermoqda.

Agentlik suhbatdoshlarining aytishicha, bu g‘oya hozircha dastlabki bosqichda. U Saudiya Arabistonidagi Rossiya-AQSh muzokaralarida muhokama qilingan yoki qilinmagani noma’lum.

Moskvadagi muhokamalardan xabardor manbalardan biri aytishicha, Rossiya muzlatilgan mablag‘larning uchdan ikki qismi tinchlik kelishuvi doirasida Ukrainani tiklashga, qolgan qismi esa Rossiya qo‘shinlari bosib olgan hududlarni tiklashga sarflanishiga rozi bo‘lishi mumkin. Reuters’ning ikki suhbatdoshi ta’kidlashicha, kelajakda qayta tiklash bo‘yicha shartnomalarni qaysi kompaniyalar olishi masalasi hamon muhim bo‘lib qolmoqda.

Agentlikning Kremlga yaqin, biroq muzokaralarda bevosita ishtirok etmayotgan suhbatdoshi ma’lum qilishicha, Rossiya sanksiyalarni bosqichma-bosqich yumshatish doirasida baribir aktivlarni muzdan chiqarishni talab qilishda davom etadi.

2022 yilda Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlaganidan so‘ng, G‘arb mamlakatlari Rossiyaning 300 milliard dollardan ortiq suveren aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Mablag‘larning asosiy qismi Yevropa depozitariylarida saqlanmoqda. Ukrainaning g‘arbiy ittifoqchilari urush boshlanganidan beri Rossiyaning muzlatilgan mablag‘larini musodara qilish va ularni Kiyevga yordam sifatida yo‘naltirish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Kiritildi: 21:48 21.02.2025. O'qildi: 1693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!