Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda ayol va bolasi o‘ldirilib, uyi yoqib yuborildi

Surxondaryoda ayol va bolasi o‘ldirilib, uyi yoqib yuborildi

Hodisa Uzun tumanida yuz bergan. 15 fevral kuni soat 03:39larda M.R. (ayol) xonadonida yong‘in yuz bergani haqida 102 raqamiga murojaat tushgan.

Tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib borganida, fuqaro M.R. va voyaga yetmagan o‘g‘li O.H.ning murdalari tan jarohatlari bilan topilgan.

Shuningdek, yana ikki bola — M.H. va Z.H. Uzun tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov xarakatlari olib borilmoqda, deya ma’lum qildi Bosh prokuratura.

Kiritildi: 15:11 18.02.2025. O'qildi: 3195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!