Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Musayevning aytishicha, sobiq AQSh prezidenti Donald Tramp 1987-yilda SSSR KGB tomonidan yollangan va unga "Krasnov" taxallusi berilgan.
Musayevning so‘zlariga ko‘ra Tramp 1987-yilda Moskvaning 6-bo‘limida xizmat qilgan. Bo‘limning asosiy vazifasi – kapitalistik mamlakatlarning tadbirkorlarini yollash edi. Aynan o‘sha yili 40 yoshli AQShlik biznesmen Donald Tramp yollangan.
"Hatto eng g‘ayritabiiy va hayratlanarli narsalar ham bo‘lishi mumkin – jumladan, bo‘lajak davlat rahbarlarini yollash va hatto AQSh prezidentini ham!" – deydi Musayev.