Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya Ukrainaning yana bir viloyatiga bostirib kirishi mumkin

Rossiya Ukrainaning yana bir viloyatiga bostirib kirishi mumkin

AQSh Rossiya Federasiyasi bilan muzokaralarni boshlaganiga qaramay, Rossiya qo‘shinlari Ukrainada to‘xtamayapti va Ukrainaning yirik sanoat bazasiga ega bo‘lgan eng katta hududlaridan biri - Dnepropetrovsk viloyatiga yaqinlashmoqda, deb xabar bermoqda The New York Times.

"Hozirda Rossiya qo‘shinlari mintaqa chegarasidan uch mildan ham yaqinroq masofada joylashgan va so‘nggi kunlarda ular oldinga siljiyapti. Agar Rossiya armiyasi sharqiy Donetsk viloyatidan Dnepropetrovsk viloyatiga o‘tsa, bu Ukraina xalqining ruhiyatiga katta zarba bo‘ladi... Bu, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hududiy muzokaralarda Kiyevning pozisiyasini yanada murakkablashtirishi mumkin," deyiladi nashrda.

Ta’kidlanishicha, Rossiya hujumi allaqachon Dnepropetrovskning chegara hududi manzarasini o‘zgartirib yuborgan: endilikda zirhli texnikalar kolonnalari o‘tadigan yo‘llar bo‘ylab transheyalar va tanklarga qarshi xandaqlar qazilgan. Tinch aholi ham jangga tayyorlanmoqda, deb yozadi NYT. Ba’zilar allaqachon evakuasiya qilingan, boshqalar esa ko‘chib ketish rejalarini tuzmoqda.

Nashrda ta’kidlanishicha, Rossiya qo‘shinlarining Dnepropetrovsk viloyatiga hujum qilish xavfi, ularning Donetsk viloyatida olti oy davomida tez sur’atlar bilan ilgarilab borishiga asoslangan, garchi so‘nggi haftalarda bu harakat sekinlashgan bo‘lsa-da.

Venadagi harbiy ekspert Frans Gadining aytishicha, sekinlashish yomon ob-havo sharoiti, shuningdek, Ukrainaning pilotsiz uchish apparatlaridan samarali foydalanishi bilan bog‘liq.

"Biroq, pilotsiz uchish apparatlari hududni ushlab tura olmaydi," deb ta’kidladi 59-brigadaning "Shkval" maxsus kuchlari shturm batalyoni qo‘mondoni, podpolkovnik Vadim Balyuk.

Kiritildi: 20:36 21.02.2025. O'qildi: 1675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!