"Bizning maqsadimiz – uzoq muddatli tinchlik, ya’ni Ukrainaning barqaror bo‘lishiga, xalqaro huquqni, qayta qurish rejasini va hokazolarni tan olishga imkon beradigan tinchlikka erishish", — deya ta’kidladi Fransiya prezidenti Yelisey saroyidan yo‘llagan videomurojaatida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Fransiya Ukrainaga hech qanday harbiy qism yuborishni rejalashtirmayapti.
Makronning fikriga ko‘ra, Ukraina o‘z hududlarini harbiy yo‘l bilan qaytarib ololmaydi, shuningdek, Rossiya ham harbiy yo‘l bilan oldinga siljiy olmaydi.
Ma’lumot uchun, kelasi hafta Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron Donald Tramp bilan uchrashish uchun Vashingtonga borishi rejalashtirilgan.