Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston va Afg‘oniston Amudaryo suv havzasidan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishmoqda

O‘zbekiston va Afg‘oniston Amudaryo suv havzasidan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishmoqda

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Jamshid Abduzuxurov boshchiligidagi rasmiy delegatsiyaning Afg‘oniston Islom Amirligiga amalga oshirgan xizmat safari davomida ikki davlat o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi va savdo-iqtisodiy aloqalar bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Xususan, Balx viloyati hokimi Hoji Muhammad Yusuf Vafo bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama savdo, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport-import tartiblarini soddalashtirish, o‘simliklar karantini va ularni birgalikda boshqarish masalalari muhokama qilindi.

Bu hujjat nafaqat ikki tomonlama hamkorlikni, balki Markaziy Osiyodagi ekologik barqarorlik va transchegaraviy suv resurslari bo‘yicha kelajakdagi o‘zaro mas’uliyatli yondashuvlarni belgilab beradi.

Aytish mumkinki, mazkur tashrif Afg‘oniston Islom Amirligi bilan yaxshi qo‘shnichilik, iqtisodiy integrasiya yo‘nalishidagi yangi davrni boshlab berdi. Ayni vaqtda, bu O‘zbekistonning mintaqaviy tinchlik, barqaror taraqqiyot va ekologik xavfsizlik yo‘lidagi qat’iy siyosatini amalda namoyon etuvchi navbatdagi muhim qadamidir.

Qolaversa, muhokama qilingan har bir yo‘nalish – qishloq xo‘jaligi, eksport-import, karantin choralaridan tortib ikki davlat manfaatlariga xizmat qilish bilan birga, butun Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy barqarorligi va ekologik xavfsizligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Kiritildi: 18:01 01.05.2025. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!