Rossiya AQSh bilan "o‘z hamkorlariga zarar yetkazmasdan" munosabatlarni "rivojlantiradi". Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BRIKS Tashqi ishlar vazirlari kengashining yalpi majlisi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi. Anjuman Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida jonli efirda namoyish etilmoqda.
"Biz AQSh bilan munosabatlarimizni shaffof tarzda qurishda davom etamiz va, albatta, strategik hamkorlarimiz va hamfikrlarimiz bilan an’anaviy, mustahkam aloqalarimizga hech qanday zarar yetkazmaymiz," - dedi u.
Lavrovning ta’kidlashicha, Moskva va Vashington "turli sohalarda aloqalarni davom ettirmoqda, tomonlar manfaatlar muvozanatiga erishishga intilmoqda." Shuningdek, u "yaqin kelajakda dunyo Rossiya va AQShning o‘zaro manfaatlari mavjudligining aniq isbotini ko‘radi" degan umidini bildirdi.