Bugun 7 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston U-20 Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston U-20 Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunlab, qit’a birinchiligiga yo‘llanma oldi.

Yurtimiz mezbonlik qilgan saralash bosqichining hal qiluvchi 3-turida vakillarimiz Suriya yoshlariga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv O‘zbekistonning 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Hisob 11-daqiqada Diyor Ermanov tomonidan ochildi. Ikkinchi gol bahs yakuniga yaqin, 82-daqiqada Quvonchbek Abrayev tomonidan kiritildi. 90+4-daqiqada Davron To‘laganov penaltini aniq amalga oshirib, yakuniy natijani belgiladi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi saralashdagi uchala uchrashuvda ham g‘alaba qozonib, maksimal 9 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egalladi va Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Guruhda Hindiston 6 ochko bilan ikkinchi, Suriya 3 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Birorta ochko jamg‘ara olmagan Bangladesh esa so‘nggi pog‘onada qoldi.

Kiritildi: 22:53 06.09.2026. O'qildi: 186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!