Ertaga Batumi shahrida Gruziya Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Gruziya tashqi siyosat mahkamasi bayonotida aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Gruziyaga Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirodjiddin Muxriddin va O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov tashrif buyuradi.
Tadbir doirasida, shuningdek, Bochorishvilining vazir hamkasblari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.