Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Messi "Barselona" haqida ta’sirli fikrlar bildirdi

Messi "Barselona" haqida ta’sirli fikrlar bildirdi

Argentinalik mashhur futbolchi Lionel Messi o‘zining sobiq jamoasi "Barselona"ga bo‘lgan munosabati va Kataloniya klubida o‘tkazgan yillari haqida fikr bildirdi.

The Touchline nashri Messining "Barselona" bilan bog‘liq xotiralari haqidagi so‘zlarini e’lon qildi.

"Barselona" men uchun nimani anglatadi? U bilan bog‘liq ajoyib xotiralar shu qadar ko‘pki, ularni so‘z bilan ifodalash qiyin.

Men bu shahar va klubga nisbatan o‘zgacha muhabbatni his qilaman. "Barselona"da bizga barcha sovrinlarni qo‘lga kiritish nasib etdi.

Gap faqat erishgan yutuqlarimizda emas, balki ularga qanday erishganimizda ham. Biz futbol o‘ynashdan, g‘alabalardan va muvaffaqiyatlardan zavq olardik.

Ammo eng muhimi — kundalik hayotning kichik jihatlaridan, mashg‘ulotlardan va birgalikda o‘tkazgan ajoyib lahzalarimizdan bahra olganimiz edi", — dedi Messi.

Avvalroq argentinalik futbolchi mukofot olish uchun Ispaniyaga tashrif buyurgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2021 yil yozida "Barselona"ni tark etgan.

Kiritildi: 23:41 22.10.2026. O'qildi: 992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!