Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi «barcha bombalarning otasi» deb nomlangan yangi qurolni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Korpus vakili Husayn Mohebbi bu haqda mahalliy SNNTV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Biz «barcha bombalarning otasi»ni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rish bosqichidamiz. Bu dushman uchun yangilik», dedi Mohebbi. U qurolning xususiyatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot bermadi.
15 oktyabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp eng katta havo bombasi - norasmiy ravishda «barcha bombalarning onasi» nomi bilan tanilgan GBU-43/B Massive Ordnance Air Blast haqida gapirgandi. CNN manbalarga tayanib xabar berishicha, Tramp ushbu bombani Erondagi yadroviy inshootlarga qarshi ishlatishni ko‘rib chiqayotgan bo‘lishi mumkin.