Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Putin AQSh va Xitoyga dunyoni bo‘lib olishni taklif qilmoqchi

Putin AQSh va Xitoyga dunyoni bo‘lib olishni taklif qilmoqchi

Vladimir Putin jahon siyosatini 1945-yildagi Yalta konferensiyasi formatiga qaytarishga urinmoqda. The Wall Street Journal nashrining ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti 9-oktabr kuni Donald Tramp bilan telefon orqali suhbat chog‘ida Si Szinpin ishtirokida uch tomonlama sammit o‘tkazishni taklif qilgan. Uchrashuvni 18-19-noyabr kunlari Shenchjenda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida tashkil etish nazarda tutilgan.

Kremlning asosiy maqsadi - uchta superdavlat o‘rtasida ta’sir doiralarining yangi taqsimotini mustahkamlash hamda Ukrainani va AQShning Yevropadagi ittifoqchilarini muzokaralar jarayonidan butunlay chetlashtirish.

Moskva ta’sir doiralarini qayta taqsimlash orqali nimaga erishmoqchi?

1. Rossiyaning mas’uliyat doirasi

Moskva NATOning Sharqqa tomon birinchi yirik kengayishidan oldingi, ya’ni shartli ravishda 1997-yil chegaralariga qaytishni talab qilmoqda.

Sobiq SSSR hududi ustidan to‘liq nazorat. Rossiyaning Ukraina, Belarus, Moldova, Kavkaz mamlakatlari (Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon) va Markaziy Osiyo davlatlari (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston) ustidan alohida huquq va ta’sirga ega ekanini tan olish.

NATO infratuzilmasini ortga qaytarish. 1997-yildan keyin NATOga qo‘shilgan mamlakatlardan — Polsha, Boltiqbo‘yi davlatlari, Ruminiya, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya va Vengriyadan — alyans qo‘shinlari, harbiy bazalari va zarba beruvchi tizimlarini olib chiqish talabi. Bu davlatlar rasman NATO tarkibida qoladi, biroq ularda AQSh yoki G‘arb davlatlarining doimiy harbiy kontingenti joylashtirilmaydi.

Ukraina masalasi. Rossiya egallab olgan hududlarni o‘zida saqlab qolishini mustahkamlash va Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishini huquqiy jihatdan taqiqlash. Uch tomonlama uchrashuv formati Kiyevning taqdiri uning o‘zi ishtirokisiz va Yevropa fikri hisobga olinmagan holda hal etilishini anglatadi. Shuningdek, Ukrainaning NATOga kirishiga to‘liq taqiq qo‘yish, G‘arbning unga og‘ir qurol-yarog‘ yetkazib berishini to‘xtatish va Rossiya bosib olgan hududlarni uning nazorati ostida ekanini tan olish nazarda tutiladi.

2. Xitoyning mas’uliyat doirasi

Pekinga Osiyoda asosiy hukmron kuch va mintaqaviy tartibning kafolati rolini berish taklif etilmoqda.

Tinch okeanining g‘arbiy qismi va Janubi-Sharqiy Osiyo. Xitoyning mintaqadagi asosiy yetakchi maqomini mustahkamlash. Bu Tayvan atrofida va Janubiy Xitoy dengizida AQSh harbiy ishtirokining bosqichma-bosqich qisqarishi, shuningdek, ASEAN mamlakatlariga - Vetnam, Filippin, Indoneziya va boshqalarga - nisbatan bosimning kamayishini anglatadi.

Rossiya bilan ta’sir doiralarini chegaralash. Markaziy Osiyo Rossiyaning ustuvor yoki ikki davlatning umumiy manfaatlar hududi sifatida e’tirof etiladi. Xitoy esa Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi savdo yo‘llari va dengiz kommunikasiyalarida yetakchilikni mustahkamlaydi.

3. AQShning mas’uliyat doirasi

Ushbu sxemada Vashingtonga o‘zining makromintaqasiga e’tibor qaratish va “dunyo polisiyachisi” rolidan voz kechish taklif qilinmoqda.

Shimoliy va Janubiy Amerika. Lotin Amerikasi va Markaziy Amerikada qarorlar qabul qilish bo‘yicha AQShning to‘liq ustunligini ta’minlash, o‘z chegaralari hamda G‘arbiy yarimshardagi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish.

Global harbiy ishtirokni qisqartirish. Rossiya va Xitoy G‘arbiy yarimshodagi ishlarga aralashmasligi evaziga AQShning kontinental Yevropa va Osiyo materigidagi harbiy ishtirokini kamaytirish.

Pekin, agar Tramp rozi bo‘lsa, uchrashuvga qarshi emas. AQSh tomoni ham ushbu taklifni ko‘rib chiqmoqda: Davlat kotibi Marko Rubio muzokaralar olib borilayotganini tasdiqlagan. Tramp esa urushni tezda tugatish haqidagi va’dasini bajarish maqsadida bunday qadamga borishi mumkin.

Kiritildi: 23:40 22.10.2026. O'qildi: 1316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!