Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

"Bu dahshatli azob, men buni hech kimga ravo ko‘rmayman. Ochig‘i, uxlay olmayapman, qiyin"

"Bu dahshatli azob, men buni hech kimga ravo ko‘rmayman. Ochig‘i, uxlay olmayapman, qiyin"

Zelenskiy ahvollaring qalay deb so‘ralgan savolga shunday javob berdi.

Uning boshqa bayonotlari:

- Farzandlarim meni qo‘llab-quvvatlaydi. Men ularning men bilan faxrlanishlarini istayman. Men o‘rnak bo‘lishim kerak. Iloji boricha jasur bo‘ling, lekin agar og‘riq bo‘lsa, uni yashirmang;

- Agar Ukraina Slovyansk va Kramatorskda mag‘lub bo‘lsa, Rossiya Pavlograd va Dneprga hujum qiladi;

- Putin Kremlni faqat o‘lganidan keyin tark etadi;

- Men Rossiya to‘liq ko‘lamli bosqinni boshlashiga ishonmagan edim. Bayden urush boshlanishidan oldin sanksiyalarni qo‘llashdan bosh tortib xato qildi;

- Ruslar Kiyevni egallab olganidan uch kun o‘tgach, Mustaqillik maydonida g‘alaba paradini o‘tkazishlari uchun o‘zlarining maxsus tayyorlangan formalari bo‘lgan;

- Hatto ulkan imperiya ham akvariumdir. Odamlar ozod bo‘lishni xohlashadi va shuning uchun imperiyalar qulaydi.

Zelenskiy bunday davlatlardagi hayotni akvariumdagi baliqlarning mavjudligiga qiyosladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, akvarium Sovet Ittifoqi kabi ulkan yoki Shimoliy Koreya kabi ancha kichikroq bo‘lishi mumkin, ammo mohiyati o‘zgarishsiz qoladi.

Kiritildi: 23:35 22.10.2026. O'qildi: 956 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!