Joriy yilning 30 may -1 iyun kunlari Turkiyaning Bursa shahrida Qo‘l jangi sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida O‘zbekiston madhiyasi yangragan holda bayrog‘imiz ko‘klarga ko‘tarildi.
Mazkur nufuzli musobaqada ishtirok etgan 32 da davlat ichida O‘zbekiston jamoasi (8 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza medal olib ) faxrli 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin (4 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medal olib) Rossiya jamoasiga, 3-o‘rin esa (2 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medal olib) Qozog‘iston jamoasiga nasib etdi.
Barcha sportchilarimizni va jamoa murabbiylarini yorqin g‘alabalari bilan muborakbod etamiz!