O‘zbekiston Prezidenti qaroriga ko‘ra, 2026 yil Qurbon hayitining birinchi kuni 27 may — chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi va ushbu sana mamlakat bo‘ylab bayram sifatida keng nishonlanadi.
Shuningdek:
• 27 may — rasman dam olish kuni
• 28–29 may — barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari
• 30 may — olti kunlik ish haftasiga ega xodimlar uchun dam olish kuni
Hududlarda bayram milliy an’analar asosida ko‘tarinki ruhda o‘tkaziladi. Shu bilan birga, ziyoratgohlarga safarlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi.