Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

G‘arb davlatlari Rossiyani Markaziy Osiyodan siqib chiqarishga urinmoqdami?

G‘arb davlatlari Rossiyani Markaziy Osiyodan siqib chiqarishga urinmoqdami?

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzinning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Yevropa Ittifoqi mintaqaning asosiy transport yo‘laklari hamda tabiiy resurslari ustidan nazorat o‘rnatishga harakat qilmoqda.

Galuzin Moskva ayniqsa Vashingtonning nodir yer metallari va muhim minerallar bo‘yicha bitimlarni faol kengaytirayotganidan Moskva xavotirda ekanini bildirgan. Uning fikricha, bu Rossiyaning mintaqadagi iqtisodiy va siyosiy ta’sirini zaiflashtirishi mumkin.

Rossiya TIV rahbari o‘rinbosarining ta’kidlashicha, G‘arb davlatlari Markaziy Osiyo mamlakatlariga iqtisodiyotni turli yo‘nalishlarda rivojlantirish va “tashqi tahdidlardan himoya” qilishga qaratilgan tashabbuslarni taklif qilmoqda.

"Biroq Moskva buni Rossiya bilan tarixiy aloqalarni zaiflashtirishga qaratilgan siyosat sifatida baholamoqda. Shuni ta’kidlamoqchimanki, na Rossiya, na Markaziy Osiyodagi tarixiy do‘stlarimiz va strategik hamkorlarimiz bunday ssenariylardan manfaatdor. Mintaqa davlatlari o‘zga kuchlarning geosiyosiy o‘yinida piyoda bo‘lishni istamaydi. Biz umumiy manfaatlarimizni himoya qilish hamda Yevrosiyoda integrasion hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlashda davom etamiz", — dedi u.

Kiritildi: Bugun 14:35. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!