Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya Latviyani Kiyevga dronlar uchirishga ruxsat berishdan ogohlantirdi

Rossiya Latviyani Kiyevga dronlar uchirishga ruxsat berishdan ogohlantirdi

Rossiya Latviyani Kiyevga dronlar uchirishga ruxsat berishdan ogohlantirdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari bu bayonotni keskin qoraladi.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Moskvada Ukraina Latviya va boshqa Boltiqbo‘yi davlatlari hududidan harbiy dronlar uchirishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumotlar borligini bildirdi. Nebenzya NATO a’zoligi bu davlatlarni javob choralaridan himoya qila olmasligini aytdi.

BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida so‘zga chiqqan Nebenzya Kiyev allaqachon Latviyaga ukrain dron aviasiyasi bo‘linmalarini ko‘chirganini da’vo qildi. Latviyaning Xavfsizlik Kengashidagi doimiy vakili Sanita Pavluta-Desland esa bu bayonotlarni darhol rad etib, ularni «sof uydirma» deb atadi.

AQShning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Temmi Bryus o‘z navbatida, BMT «Kengash a’zosiga tahdid qilish joyi emas»ligini ta’kidlab, AQSh NATO doirasidagi barcha majburiyatlarini bajarishda davom etishini bildirdi.

Ukraina Rossiyaga dronlar uchirish uchun Boltiqbo‘yi davlatlari osmonidan foydalanmayotganini, ammo Rossiya radioelektron kurash vositalari orqali ukrain dronlarini ataylab Estoniya, Latviya va Litva hududiga yo‘naltirayotganini Kiyev tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi. Ukraina tashqi ishlar vazirligi vakili Georgiy Tixiy ham Ukraina Boltiqbo‘yi davlatlari osmonidan foydalanish uchun ruxsat so‘ramaganini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: Bugun 09:03. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!