«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland «Barselona»ning qiziqishlar doirasiga kirdi. Jurnalist Serxio Gonsalesning ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi norvegiyalik futbolchining transferi borasida shoshilmayapti.
Xosep Gvardiola «Manchester Siti»ni tark etgan taqdirda ham, hozircha bu transferni amalga oshirishning imkoni yo‘q. «Ko‘k-anorranglilar» prezidenti Joan Laporta har qanday hujumchi uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘lamoqchi emas. «Barselona» transfer summasini bo‘lib-bo‘lib to‘lash variantini afzal ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Erling Xoland 2022 yilda Dortmundning «Borussiya» klubidan «Manchester Siti»ga 60 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning «shaharliklar» bilan shartnomasi 2034 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Hujumchi joriy mavsumda «Manchester Siti» safida barcha turnirlarda 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 37 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.