Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Manchester Siti" yetakchisi Gvaridola ketishi sabab jamoani tark etmoqchi

"Manchester Siti" yetakchisi Gvaridola ketishi sabab jamoani tark etmoqchi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri faoliyatini «Real»da davom ettirishga tayyor.

Marca nashrining xabar berishicha, bosh murabbiy Pep Gvardiola klubdagi o‘n yillik faoliyatidan so‘ng «Siti»ni tark etishi ma’lum bo‘lgach, 29 yoshli xavbekka Ispaniyaga qaytish g‘oyasi ma’qul kela boshlagan va u bu haqda doim o‘ylab yurgan.

«Real» rahbariyati esa qulay sharoitlar yuzaga kelsa, ushbu transfer amalga oshishi mumkin deb hisoblamoqda. Madrid klubi anchadan beri Rodrining yetakchilik fazilatlari, taktik saviyasi, balansni ushlay olishi va o‘yinni nazorat qilish qobiliyatiga qoyil qolib keladi. O‘yinchining o‘zi ham «Madrid» tarkibida to‘p tepishni juda ham xohlaydi.

Shu bilan birga, shartnomasi tugashiga yana bir yil qolgan Ispaniya terma jamoasi futbolchisini sotib olish oson bo‘lmaydi. Bu kelishuvning amalga oshishiga Rodrining shaxsiy xohishi katta yordam berishi mumkin.

Ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda APLning 21 ta uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: Bugun 09:37. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!