Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Man Siti» muxlislari chempionlik qo‘ldan chiqqanidan so‘ng Gvardiolaga murojaat qilishdi

«Man Siti» muxlislari chempionlik qo‘ldan chiqqanidan so‘ng Gvardiolaga murojaat qilishdi

«Manchester Siti» muxlislari APL chempionligi qo‘ldan chiqarilganiga qaramay, bosh murabbiy Pep Gvardioladan klubda qolishni iltimos qilishdi.

«Shaharliklar» APL 37-turida safarda «Bornmut» bilan durang o‘ynab (1:1), Premyer-ligada ikkinchi o‘rinni band etishdi, «Arsenal» esa muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirdi.

«Din Kort» stadionidagi uchrashuv yakunlanganidan so‘ng, 55 yoshli kataloniyalik mutaxassis futbolchilar bilan birgalikda mehmonlar uchun ajratilgan sektorga yaqinlashib, muxlislarga qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Pep ortiga burilib, tribuna ostidagi yo‘lak sari yo‘l olgan vaqtda, fanatlar baravariga: «Yana bir yil, Gvardiola!» deya qo‘shiq kuylay boshlashdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Chelsi»ning sobiq ustozi Enso Mareska 2016 yildan buyon jamoani boshqarib kelayotgan Gvardiolaning o‘rnini egallashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:38. O'qildi: 384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!