Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lumotiga ko‘ra, 20 mayga o‘tar kechasi soat 01:40 da yer silkinishi qayd etilgan.
Zilzila episentri Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida joylashgan bo‘lib, magnitudasi 5,3 ni tashkil qilgan. Yer silkinishi episentri 10 kilometr chuqurlikda kuzatilgan.
O‘zbekiston hududida zilzilaning sezilish darajasi:
Buxoro viloyatida 3-4 ball, episentrdan 127 kilometr uzoqlikda;
Navoiy viloyatida 2-3 ball, episentrdan 194 kilometr uzoqlikda.