«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Touchline nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis katta ehtimol bilan Manchester klubini tark etadi.
Gvardiolani o‘z safiga qo‘shib olishga Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan «An-Nasr» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubi ispaniyalik murabbiyga yiliga 150 million dollar maosh (plyus bonuslar) ko‘zda tutilgan shartnoma taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti»ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida «shaharliklar» olti marta Angliya Premyer-ligasida, besh marta Liga Kubogida, uch martadan Angliya Kubogi va Angliya Superkubogida zafar quchishdi. Shuningdek, ular bir martadan Chempionlar Ligasi, UYEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bosh sovriniga ega chiqishgan.