Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Putin o‘zini uyidagidek his qildi: Xitoyda yangi heshteg tarqaldi

Putin o‘zini uyidagidek his qildi: Xitoyda yangi heshteg tarqaldi

Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida “Putin o‘zini uyidagidek his qilib, pidjagini yechdi” degan heshteg keng tarqalmoqda. Weibo platformasida Putin aeroportda mashinaga o‘tirishdan oldin pidjagini yechgan video sababli mazkur heshteg ommalashgan.

Xitoy OAVlari bu holatni Rossiya madaniyatida bunday harakat qulay va erkin muhitni anglatishi bilan izohlagan. Mutaxassislar bu ishorani Rossiya–Xitoy munosabatlaridagi iliq va ishonchli aloqalarning ramzi sifatida talqin qilmoqda.

Avvalroq, Xitoy yetakchisi Putin Xitoyga 25 marta tashrif buyurmoqda, bu Xitoy va Rossiya munosabatlarining juda yaxshi va yuqori darajadaligini ko‘rsatadi" degan edi Szinpin.

Kiritildi: Bugun 15:35. O'qildi: 625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!