Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan 2026 yil 1 iyundan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, yuridik shaxslar (I va II guruh) hamda IV guruh iste’molchilari uchun elektr energiyasining 1 kVt soati 1 100 so‘m, tabiiy gaz esa barcha iste’molchilar uchun 2 000 so‘m (AGTKShlar uchun 2 750 so‘m) etib belgilandi.

Aholi (III guruh) uchun tabaqalashtirilgan tariflar va ijtimoiy norma tizimi saqlab qolindi:
Elektr energiyasi (oyiga 200 kVts gacha): maishiy iste’molchilarga — 650 so‘m, markazlashgan elektr plitali uylarda — 325 so‘m.
Tabiiy gaz (limit doirasida): isitish mavsumida 500 kub metrgacha, boshqa mavsumlarda 100 kub metrgacha — 1 100 so‘m.

Kiritildi: 10:21 18.05.2026. O'qildi: 16443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!