Milliy reyting natijalariga ko‘ra:
• Davlat OTMlarida — 19,1 nafar talaba;
• Xorijiy universitetlar filiallarida — 32,9 nafar talaba;
• Nodavlat OTMlarda — 55,3 nafar talaba bir nafar o‘qituvchi hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich ijod va sport sohasida qayd etilgan — bir o‘qituvchiga o‘rtacha 8,4 nafar talaba to‘g‘ri keladi. Tibbiyot yo‘nalishida bu ko‘rsatkich 13,6 nafarni, amaliy fanlarda 26,8 nafarni, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda esa 44,3 nafarni tashkil etgan.
Mutaxassislar ayrim oliygohlarda bir o‘qituvchiga 200 nafardan ortiq talaba to‘g‘ri kelayotgani ta’lim sifati va talabalarga individual yondashuvga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Hozirda mamlakat bo‘yicha 1,6 milliondan ortiq talabaga 61 mingdan ziyod professor-o‘qituvchi ta’lim bermoqda.