Shavkat Mirziyoyev Vashingtondagi “Tinchlik kengashi” yig‘ilishda O‘zbekiston G‘azo sektorini tiklash jarayonida amaliy ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
"O‘zbekiston G‘azoda turarjoylar, bolalar bog‘chalari, maktablar va shifoxonalar qurilishiga munosib hissa qo‘shishga tayyor. Biz ushbu tarixiy imkoniyatdan foydalanib, iqtisodiyoti ravnaq topgan va barcha aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratilgan yangi G‘azoni barpo etishimiz kerak", — dedi Mirziyoyev.