Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanish borasida shifokor tavsiyalari

Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanish borasida shifokor tavsiyalari

🥛 Suv ichishni unutmang
Iftordan sahargacha kamida 6–8 stakan suvni bo‘lib iching.
Gazli ichimliklar va energetik ichimliklar esa suvsizlanishni kuchaytiradi.

🍲 Iftorni yengil taom bilan boshlang
Xurmo, iliq suv yoki sho‘rva oshqozonni tayyorlaydi.
Birdaniga yog‘li va qovurilgan ovqat yeyish gastrit va og‘riq chaqirishi mumkin.

🍚 Saharlikni o‘tkazib yubormang
Saharlik qilmaslik holsizlik, bosh aylanishi va qon bosimi tushishiga olib keladi. Saharda tuxum, sut mahsulotlari, sabzavot va donli ovqatlar tavsiya etiladi.

🧂Achchiq, sho‘r va yog‘li ovqatlarni kamaytiring
Bu turdagi taomlar chanqoq hissini kuchaytiradi hamda yurakka ortiqchcha yuklama beradi.

☕️ Kofe va choyni me’yorida iching
Bu kabi ichimliklarni haddan oshiq ko‘p ichish organizm suvsizlanishga sabab bo‘lishi mumkin.

🏃‍♂️ Jismoniy faollikni to‘g‘ri rejalashtiring
Sportni iftordan keyin 1–2 soat o‘tib yoki sahardan oldin yengil tarzda bajarish tavsiya etiladi.

⚠️ Qandli diabet, yurak, buyrak, oshqozon kasalliklari bor insonlar ro‘za tutishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishi lozim.

Kiritildi: Bugun 16:02. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!