Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Buyuk Britaniya Diego-Garsiyani topshirmasligi shart, u Eronga qarshi zarbalar berishda kerak bo‘lishi mumkin — Donald Tramp

Buyuk Britaniya Diego-Garsiyani topshirmasligi shart, u Eronga qarshi zarbalar berishda kerak bo‘lishi mumkin — Donald Tramp

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Hind okeanidagi Chagos arxipelagi tarkibiga kiruvchi Diego-Garsiya attolida joylashgan Buyuk Britaniya-AQSh harbiy bazasi strategik ahamiyatga ega bo‘lib, Eronga zarbalar berishda foydalanilishi mumkin.

"Bosh vazir Starmer hech qachon Diego-Garsiya ustidan nazoratni Mavrikiyga topshirmasligi kerak. Eng yaxshi holatda ham shubhali 100 yillik ijara kelishuvini tuzmasligi lozim. Biz har doim Buyuk Britaniya uchun kurashishga tayyormiz. Buyuk Britaniya milliy manfaatlarini himoya qilishda qat’iy turishi kerak. Diego-Garsiyani topshirmang!", — dedi Tramp.

Qo‘shma Shtatlar prezidentining bu bayonotidan bir kun oldin AQSh Davlat departamenti Buyuk Britaniyaning Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirishini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan edi.

O‘tgan yilning may oyida Buyuk Britaniya Mavrikiy bilan Chagos arxipelagi suverenitetini topshirish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Mazkur kelishuvga ko‘ra, Buyuk Britaniya Hind okeanidagi ushbu hudud ustidan suverenitetidan butunlay voz kechadi, biroq u yerdagi strategik harbiy baza — Diyego-Garsiyani 99 yil muddatga ijaraga oladi. Mazkur bazada AQSh harbiy aviasiyasi ham joylashgan bo‘lib, uning ijarasi yiliga 100 million funtdan ortiqni tashkil etadi.

Kiritildi: Bugun 15:05. O'qildi: 752 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!