Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Amerikalik jurnalist Taker Karlson Isroilning Ben-Gurion aeroportida hibsga olindi

Amerikalik jurnalist Taker Karlson Isroilning Ben-Gurion aeroportida  hibsga olindi

Amerikalik jurnalist AQSh elchisidan intervyu olganidan so‘ng Isroilning Ben-Gurion aeroportida hibsga olindi va so‘roq qilindi — Daily Mail

Amerikalik jurnalist Taker Karlsonning aytishicha, AQShning Tel-Avivdagi elchisi Mayk Hakkabi bilan o‘tkazilgan intervyudan so‘ng, u va uning jamoasi aeroportda Isroil rasmiylari tomonidan qo‘lga olingan va so‘roq qilingan. Fox News telekanalining sobiq boshlovchisi Karlson dastlab, Isroilga kiritilmagani tufayli aeroport binosini tark etmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiylar Karlsonning pasportini olib qo‘yib, uning ijrochi prodyusserini intervyuda nima haqida gap borganini bilish uchun so‘roq qilishga olib ketgan.

Daily Mail'ning ikki manbasiga ko‘ra, jurnalistning mamlakatga kirishiga ruxsat berish masalasi AQSh Davlat departamenti ishtirokidagi muzokaralar orqali hal qilingan. Natijada, Isroil hukumati "diplomatik mojaro"ning oldini olish maqsadida Karlsonning mamlakatga kirishiga to‘sqinlik qilmaslikka qaror qilgan.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!