Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Yunn Sok Yol umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Yunn Sok Yol umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yunn Sok Yol 2024 yildagi isyon ishi bo‘yicha umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda Yonhap.

Yun Sok Yol 2024 yilning dekabr oyida mamlakatda harbiy holat joriy qilishga uringan. Shundan so‘ng, parlament uni qo‘zg‘olonga urinishda ayblab, impichment e’lon qilgan va hibsga olgan edi.

Hukm 2024 yil 3 dekabrda kutilmagan tarzda harbiy holat e’lon qilinganidan 14 oy o‘tib chiqarildi. Maxsus prokurorlar unga nisbatan o‘lim jazosini so‘ragan edi, biroq sud yengilroq jazo qo‘lladi.

Avvalroq Yun Sok Yolning rafiqasi Kim Gon Xi korrupsiyada ayblanib, 1 yilu 8 oylik qamoq jazosiga hukm qilingani xabar berilgan edi.

Kiritildi: Bugun 15:25. O'qildi: 651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!