Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston diplomatlari ko‘magida yo‘l-transport hodisasida jabrlangan hamyurtimiz Vatanga qaytarildi

O‘zbekiston diplomatlari ko‘magida yo‘l-transport hodisasida jabrlangan hamyurtimiz Vatanga qaytarildi

Mamlakatimizning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari tomonidan Qozog‘iston hududida yo‘l-transport hodisasiga uchrab, tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosini Vatanga qaytarish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Joriy yilning 1 noyabr kuni Qozog‘istonning Oqto‘be viloyati Aytekebi tumanidagi Belkopa qishlog‘i hududidan o‘tuvchi “Samara–Chimkent” avtomobil yo‘lining 921-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan hamyurtimiz U. G. Xromtau tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilib, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Vatandoshimizning salomatlik holati va tibbiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan uni Vatanga qaytarish bilan bog‘liq zarur tashkiliy choralar amalga oshirildi.

U 12 noyabr kuni konsulxona vakillari ko‘magida Oqto‘be shahridan tibbiy kuzatuv ostida O‘zbekistonga qaytarildi.

Kiritildi: 19:28 12.11.2026. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik