Bugun 13 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Gvardiolaga kutilmagan taklif tushishi mumkin

Gvardiolaga kutilmagan taklif tushishi mumkin

AQSh futbol federasiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyligiga Xosep Gvardiolani asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, 55 yoshli ispaniyalik mutaxassis Maurisio Pochettino jamoani tark etgan taqdirda ushbu lavozimga taklif qilinishi mumkin. Argentinalik murabbiyning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi yaqinlashayotgani xabar qilinmoqda.

AQSh futbol federasiyasi Gvardiolani faoliyatida ilk bor milliy terma jamoani boshqarishga ko‘ndirishga harakat qiladi.

Gvardiola 2016 yildan buyon ishlab kelgan «Manchester Siti»ni 2026 yil yozida tark etgan. U avval «Barselona» va «Bavariya»ni ham boshqargan.

Kiritildi: 05:18 12.11.2026. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik