Bugun 12 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Abu-Dabida katta janjal: Nurmagomedov Dvalishviliga tarsaki tushirdi

Abu-Dabida katta janjal: Nurmagomedov Dvalishviliga tarsaki tushirdi

Abu-Dabida MMA olamining ikki taniqli vakili — Usmon Nurmagomedov va Merab Dvalishvili o‘rtasida janjal yuz berdi. Mehmonxonada sodir bo‘lgan mushtlashuv aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Kadrlarda PFL chempioni Nurmagomedov UFC'ning sobiq chempioni Dvalishviliga yaqinlashib, uning yuziga tarsaki tushirganini ko‘rish mumkin. Shundan keyin ikki tomon vakillari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv boshlangan.

Islam Maxachev mojaroga munosabat bildirib, uning kelib chiqishini Dvalishvilining avvalroq Gruziyada dog‘istonlik jangchi bilan yuzaga kelgan nizosi bilan bog‘ladi.

Sport jurnalisti Ariel Xelvani ma’lumotiga ko‘ra, voqeadan so‘ng janjal ishtirokchilari mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan va polisiya bo‘limiga olib ketilgan.

Mushtlashuv oqibatida Dvalishvilining yuzi jarohatlangan. Gruziyalik sportchi keyinroq jiddiy shikast olmaganini ma’lum qildi.

Hozircha voqea ishtirokchilariga nisbatan qanday huquqiy chora ko‘rilishi aniq emas.

Kiritildi: Bugun 15:28. O'qildi: 432 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik