Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

“Uzbekistan Airways” Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan chegirma e’lon qildi​​​​​​​

“Uzbekistan Airways” Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan chegirma e’lon qildi​​​​​​​

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi bayram munosabati bilan barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun biznes va ekonom-klass tariflariga 15 foizgacha chegirma joriy etdi.

  • Chiptalarni xarid qilish muddati: 17 martdan 23 martgacha
  • Parvozlar amal qilish davri: 20 martdan 23 martgacha

Chiptalarni booking.uzairways.com sayti, mobil ilova, “Uzbekistan Airways Sales” filiali, rasmiy agentlar orqali xarid qilish mumkin.

Ma’lum qilinishicha, chegirma faqat tarif qismiga tatbiq etiladi. Soliqlar va boshqa yig‘imlar alohida to‘lanadi.

Kiritildi: Bugun 12:05. O'qildi: 470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!