Bu haqda Eronning Tasnim axborot agentligi xabar berdi.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu o‘zining o‘limi haqidagi mish-mishlar fonida yangi video e’lon qilgandi. U videoda mamlakatdagi kafelardan birida qahva buyurtma qilayotgani va turli savollarga javob berayotgani ko‘rinadi. Biroq internet foydalanuvchilari videoda sun’iy intellektdan foydalanilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Ularning fikricha, videoda bir nechta shubhali belgilar mavjud. Masalan, kadrda ko‘rinadigan qahva idishi to‘la bo‘lsa-da, u ag‘darilganda yoki harakatlanganda ichidagi suyuqlik to‘kilmaydi. Shuningdek, Netanyahu qahva ichayotgandek ko‘rinsa ham, finjondagi qahva miqdori kamaymaydi. Bundan tashqari, ayrim foydalanuvchilar videoda Bosh vazirning yuz ko‘rinishi uning haqiqiy suratlaridan farq qilishini qayd etgan.
So‘nggi kunlarda Eronning raketa hujumlari fonida Netanyahu halok bo‘lgani yoki jarohat olgani haqidagi mish-mishlar ijtimoiy tarmoqlar va ayrim ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda.