Demokrat senator Kris Merfi Donald Tramp Eronga qarshi operasiyani boshlashda xato hisoblaganini va endi vaziyatni nazorat qila olmasligini aytdi.
"Endi Tramp bu urush ustidan nazoratni yo‘qotgani aniq. U Eronning qasos olish qobiliyatini qo‘pol ravishda noto‘g‘ri baholadi. Mintaqa betartiblikka botib ketdi", deb yozgan u.
Senatorning so‘zlariga ko‘ra, Eron dronlar, qayiqlar va minalar yordamida neft infratuzilmasiga doimiy hujumlar uyushtirishga qodir va Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi allaqachon neft narxlarining oshishiga olib kelmoqda. Agar bo‘g‘oz yopiqligicha qolsa, bu global retsessiyaga olib kelishi mumkin.