Bugun 17 aprel, 2026 yil, juma

КИР

BMTda uyat va bema’nilik teatri

BMTda uyat va bema’nilik teatri

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Yaqin Sharqdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha Rossiya taklif qilgan rezolyusiya ovoz berishda rad etilganini shunday baholadi.

Jangovor harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiruvchi hujjat qabul qilinmadi. Biroq Erondan arab davlatlariga hujum qilmaslikni talab qiluvchi rezolyusiya ma’qullandi.

Unda AQSh va Isroilning harakatlari tilga olinmagan va tanqid qilinmagan.

"Ayrim hamkasblar yagona to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun o‘zida yetarli kuch va donolik topa olmadi. Ular uchun eng muhimi — “akalari” bilan bir qadamda yurish va uning barcha buyruqlarini bajarish", — dedi Nebenzya.

Kiritildi: 12:45 12.03.2026. O'qildi: 29126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!