"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi "Real"ga qarshi javob o‘yini uchun asosiy tarkibni tanlab bo‘lganini aytdi.
"Tarkibni allaqachon aniqlab oldim. Ertaga maydonga tushadigan jamoani bilaman. Menda hech qanday shubha yo‘q. Balki, bittagina shubha bo‘lishi mumkin, ammo qolgan hamma narsa aniq", — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
"Manchester Siti" va "Real" o‘rtasidagi uchrashuv 17 mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. "Etixad Stedium"da o‘tadigan bahs Toshkent vaqti bilan 18 martga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.