Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralar davomida Tehron yadroviy qurol dasturidan voz kechishni hujjatlashtirishni taklif qildi, ammo Vashington bu taklifni rad etdi.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
"Eronning yadroviy quroldan to‘liq voz kechish taklifi Amerika tomoni texnik tafsilotlarni tushunmagani uchun rad etildi", deb yozgan Arag‘chi.
Eslatib o‘tamiz, Eron va AQSh delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi bosqichi 26 fevral kuni Jenevada Ummon vositachiligida bo‘lib o‘tdi. Eron tomoniga Abbos Arag‘chi, Amerika tomoniga esa prezidentning maxsus elchisi Stiven Uitkoff va biznesmen Jared Kushner boshchilik qildi. Texnik maslahatlashuvlar mart oyi boshida Vena shahrida MAGATEda davom etishi rejalashtirilgan edi.