Andijonda dahshatli jinoyat sodir bo‘ldi. Andijon viloyat IIBning aniqlashicha, 1991 yilda tug‘ilgan ayol 1998 yilda tug‘ilgan boshqa bir ayolni eri bilan yurganlikda gumon qiladi. Keyin tanish ayollarini chaqirib, ayolni turli qiynoqlarga soladi, tahqirlaydi.
Bu ham yetmagandek, ikkita tanish erkaklarni chaqirib, ularga ayolning sochlarini tagidan olib tashlashni buyuradi. Erkaklar ham uning aytganini qilib, ayolni xilvat joyga olib borishadi va sochini kalga olishadi. Bu holat videoga olinib, tarqatiladi.
Ayni damda gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.