AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning harbiy salohiyati to‘liq yo‘q qilinganini ma’lum qildi, biroq mamlakat hali ham kema qatnoviga "nuqtali zarbalar" berishga qodirligi haqida ogohlantirdi va jahon yetakchilarini Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qo‘riqlashga qo‘shilishga chaqirdi.
Amerika yetakchisi Truth Social tarmog‘idagi xabarida Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya va Janubiy Koreyaga murojaat qilib, harbiy kemalarni hamkorlikda patrullik qilish uchun strategik dengiz arteriyasiga yuborishga chaqirdi.
"Ko‘plab davlatlar, ayniqsa, Eronning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopishga urinishi ta’sir ko‘rsatayotgan davlatlar bo‘g‘oz ochiq va xavfsiz qolishi uchun harbiy kemalarni Qo‘shma Shtatlar bilan birgalikda yo‘naltiradi," deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehronning asosiy kuchlari tor-mor etilgani va rahbariyati "butunlay boshsizlantirilgan" bo‘lsa-da, kichik diversiyalar xavfi saqlanib qolmoqda.
"AQSh kemalari Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida Eron qirg‘oqlarini bombardimon qilishda davom etadi", — dedi Donald Tramp.