RANXiGS eksperti Anatoliy Tixonovga ko‘ra, Tojikiston 2025 yilning birinchi yarmida Tehrondan $600 mlnlik mahsulot sotib olgan.
Imkoniyatlari cheklangan respublika uchun bu oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan jiddiy hajm hisoblanadi.
@SputnikTj ma’lum qilishicha, Yaqin Sharqdagi mojaro sabab mintaqa uchun logistika va sug‘urta xarajatlari oshishi kutilmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari uchun Eron jahon okeaniga chiqishdagi asosiy darvozalardan biri sanaladi.