Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Fransiya Trampning iltimosini rad etdi

Fransiya Trampning iltimosini rad etdi

Fransiya Donald Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishga ko‘maklashish uchun harbiy kemalar yuborish haqidagi iltimosini rad etdi. Bu haqda manbalarga tayanib Financial Times nashri xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Fransiya hozircha bu operasiyada ishtirok etishni rejalashtirmayapti. Parij faqat AQSH, Eron va mintaqadagi boshqa davlatlar o‘rtasidagi harbiy harakatlar to‘liq to‘xtatilganidan keyingina kemalar yuborishga tayyor ekanini bildirgan.

Shu tariqa, Fransiya hozircha Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi vaziyat bo‘yicha harbiy ishtirokdan voz kechgan.

Kiritildi: 21:33 16.03.2026. O'qildi: 870 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!