Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbek futboli. “Nasaf” safarda OKMKni mag‘lub etdi (video)

O‘zbek futboli. “Nasaf” safarda OKMKni mag‘lub etdi (video)

O‘zbekiston Superligasining 15-turi doirasida Olmaliqda kechgan OKMK hamda “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda qarshiliklar g‘alaba qozondi.

Olmaliqda bo‘lib o‘tgan uchrashuv mehmonlarning faolligi bilan boshlandi. O‘yinning 8-daqiqasidayoq jamoa to‘purari Bobur Abduxoliqov o‘z hisobiga gol yozib qo‘yib, qarshiliklarni hisobda oldinga olib chiqdi — 0:1.

Ikkinchi bo‘limda ham ustunlikni qo‘ldan boy bermagan “Nasaf” futbolchilari 61-daqiqada Sharof Muhiddinovning goli evaziga hisobdagi farqni oshirdi — 0:2.

Mezbonlar bunga 70-daqiqada Avazbek O‘lmasaliyevning aniq zarbasi bilan javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq o‘yin yakuniga qadar boshqa gol kiritilmadi va qarshiliklar safarda muhim uch ochkoga ega chiqdi — 1:2.

"Nasaf" ushbu g‘alabadan keyin o‘z ochkolarini 24 taga yetkazib, jadvalda 6-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, Mirjalol Qosimov jamoasi hisobida 25 ochko bor va olmaliqliklar 4-o‘rinni egallab turibdi.

O‘zbekiston Superligasi, 15-tur
“OKMK” — “Nasaf” 1:2
Gollar:
0:1 — Bobur Abduxoliqov (8), 0:2 — Sharof Muhiddinov (61), 1:2 — Avazbek O‘lmasaliyev (70)


Kiritildi: 06:50 04.08.2026. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!