Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb Rossiya armiyasining tayyorgarlik holati yuzasidan fikr bildirdi:
"Barchaga muhim bir jihatni eslatib o‘tmoqchiman: urush boshlangan paytda Rossiya armiyasi zamonaviy urush olib borishga qodir emas edi, ammo hozir bunga qodir. Shu bois, urush yakunlanib, ular qayta safarbar bo‘lganlaridan so‘ng, ancha kuchayib olishadi. Bizni ko‘plab murakkab masalalar kutmoqda. Rossiya bilan munosabatlarimiz tubdan o‘zgaradi, biroq men diplomatiyaga, jumladan, uzoq muddatli istiqboldagi diplomatiyaga ishonaman." dedi Finlandiya Prezidenti.