Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining 2026 yil 5 oktyabrdagi hukmi bilan «Sirojiddin media» MCHJ rahbari Sirojiddin Adilov 3 nafar fuqaroga nisbatan firibgarlik va tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topilgan.
Sudga ko‘ra, u 12 mln so‘mni tovlamachilik, 30 mln so‘m va 33 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Jami 75 mln so‘m zarar qoplangan.
Jinoyat ishi doirasida Adilovning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati bo‘yicha ayblov qo‘yilmagan. Ayblovlar faqat boshqa fuqarolarning mablag‘larini firibgarlik va tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish bilan bog‘liq.