Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Imron Xon tarafdorlari Pokiston poytaxtiga yurish boshladi

Imron Xon tarafdorlari Pokiston poytaxtiga yurish boshladi

Pokistonda qamoqda saqlanayotgan sobiq bosh vazir Imron Xonning minglab tarafdorlari uni ozod qilishni talab qilib, 4 oktyabr kuni Islomobodga uzoq davom etadigan yurishni boshladi. Bu haqda uning partiyasiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Namoyish mamlakat shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatidan boshlandi. Bu viloyatni Imron Xonning “Pokiston Tahriki Insof” (PTI) partiyasi boshqaradi. Islomobodga yetib borgunicha yo‘lda bir nechta manzillarda to‘xtash rejalashtirilgan.

“Men barchangizni, ayniqsa yoshlarni qamoqda o‘tirgan yetakchingiz uchun ko‘chaga chiqishga chaqiraman”, dedi yurishga boshchilik qilayotgan viloyat bosh vaziri Sohail Afridi.

Imron Xon partiyasi bilan mamlakat rahbariyati o‘rtasidagi ziddiyat 2022 yilda parlament tomonidan lavozimidan chetlatilganidan boshlangan. Xon bu ishda armiyani ayblagan, biroq harbiylar buni rad etgan.

Ziddiyat 2023 yil may oyida Xon hibsga olingach, yanada kuchaydi. O‘shanda uning tarafdorlari tartibsizliklar uyushtirib, harbiylar obektlariga hujum qilgandi. Shundan so‘ng minglab PTI tarafdorlari hibsga olinib, o‘nlab kishilar harbiy sudlar tomonidan sudlangan.

Sobiq kriket yulduzi, 74 yoshli Imron Xon o‘zini siyosiy mahbus deb ataydi.

Kiritildi: 23:44 05.10.2026. O'qildi: 1062 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!