AQSh prezidentining global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampollining aytishicha, Tramp unga O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini shaxsan aytgan.
“U O‘zbekistonga kelishni xohlayotganini bilaman. Prezident juda band odam, ammo u menga O‘zbekistonga bormoqchi ekanini aytdi. Bu tashrif imkon qadar tezroq amalga oshishiga umid qilamiz”, — dedi Zampolli.