Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Urgutda maktab o‘quvchisi 5 yashar qizni mashinada urib, voqea joyidan qochib ketdi

Urgutda maktab o‘quvchisi 5 yashar qizni mashinada urib, voqea joyidan qochib ketdi

Samarqand viloyatida voyaga yetmagan haydovchi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 22 mart kuni soat taxminan 11:55 da Urgut tumanidagi “Chor chinor” mahallasida Gentra rusumli avtomobil 5 yoshli qizchani urib yuborgan.

Hodisani sodir etgan haydovchi voqea joyidan qochib ketib, jabrlanuvchini xavfli holatda qoldirgan.

Tezkor choralar natijasida huquqbuzar aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, u mahalliy maktablardan birining 11-sinf o‘quvchisi bo‘lib, transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqargan.

Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish materiallari sudga yuborilgan. Avtomobil esa jarima maydoniga joylashtirilgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan 5 yoshli qizcha shifoxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: Bugun 12:45. O'qildi: 442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!